AKIS – inglizcha Agricultural Knowledge and Innovation Systems jumlasining qisqartmasi bo‘lib, “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi” deb tarjima qilinadi.

Tadbirlarda, teleko‘rsatuvlarda, turli qonun hujjatlarida tez-tez tilga olinadigan bu qisqartma oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligiga aloqador kishilarga ancha tanish bo‘lib qolgan bo‘lsa kerak.

  • Afsuski, qishloq xo‘jaligi ishchilari va bu sohaga qiziquvchi havaskorlar orasida “navbatdagi dabdali atama, tez kunda unutilib ketadi” degan xayolga borib, uni e’tiborsiz qoldirayotganlar bor.
  • To‘g‘ri, AKIS ga bunday yondashish urf bo‘lib qolsa, u foyda keltirishga ulgurmay unutilishi ham mumkin.
  • Ammo mavzuga jiddiy qaralsa, bu tizim qay darajada ahamiyatli ekani, real naf keltirishi anglashiladi.

Foydali Havolalar